Yil boshidan beri milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha foiz stavkalari maksimal darajaga koʻtarildi. Buni Markaziy bankning maʼlumotlaridan koʻrish mumkin.

May oyida oʻrtacha koʻrsatkich 19,4% ni tashkil etdi. Oʻtgan toʻrt oy ichida natijalar 17%, 18,3%, 19,1% va 19,3% tashkil etdi:


Shunga qaramay, stavkalar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan hali ham pastligicha qolmoqda. 2020-yil may oyida ular 20% va undan yuqori boʻlgan.

Avvalroq Spot, yil boshidan buyon banklarda milliy valyutadagi depozitlar hajmi sezilarli darajada oʻsgani haqida yozgan edi. Xususan, milliy valyutadagi jami muddatli depozitlar 19,6% ga, jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari 27,4% ga oʻsdi.