“Yashnobod” innovatsion texnoparkiga navbatdagi rezidentlar qabul qilindi
Ular orasida kimyoviy mahsulotlar, tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etuvchi kompleks va temir yo’l avtomatizatsiyasi tizimlarini o’rganuvchi korxonalar mavjud.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
Ko‘pirtirilgan polipropilen ishlab chiqaruvchi “RHODIUM POLIMER” MCHJ QK,
tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish tizimi korxonasi “ECOSUV” MCHJ,
oltingugurtli bitum va oltingugurtli beton ishlab chiqaruvchi “BIXT BT” MCHJ QK,
“Shirana” brendi ostida yuqori texnologik tibbiy uskunalar ishlab chiqaradigan zamonaviy kompleksni tashkil etuvchi “CHIRANAASIA” QK,
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, temir yo‘l avtomatizatsiyasi va telemexanika tizimlarini ishlab chiqaruvchi “Trans Enginering Group” MCHJ,
Saraton kasalliklarida HER2 statusini aniqlash diagnostika usuli korxonasi “TUMOR ON TARGET” MCHJ.
Barcha zarur infratuzilmaga ega ishlab chiqarish va ofis xonalari qurilib, ular texnopark rezidentlariga ijaraga berildi. Hozirda tadbirkorlardan texnopark rezidenti maqomini olish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
“Yashnobod” innovatsion texnoparki yuqori texnologiyalarni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitni yaratish, ilmiy, texnologik va innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ta’minlash, kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish, ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Tramp e’lon qilgan import tariflari jahon savdosiga $33 trln zarar yetkazishi mumkin. Spot ekspertlar bilan bu O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishi hamda AQShning butun dunyo bilan savdo urushi qanday xavf va imkoniyatlarga olib kelishini muhokama qildi.