Moskva maʼmuriy avtomagistral inspeksiyasi (MADI) taksi kompaniyalaridan xorijiy “prava"ga ega va tajribasi boʻlmagan haydovchilar bilan shartnomalarni toʻxtatishni talab qildi, deya “incrussia.ru” xabar bermoqda.

“Bu yil davomida MADI inspektorlari 1,7 mingdan ortiq holatni aniqlaganlar, ularda uch yildan kam haydovchilik tajribasiga ega boʻlgan chet ellik haydovchilar qayd etilgan. Bu esa amaldagi qonunchilikni buzilishidir”, — deya izoh bergan inspeksiya.

Qonunga koʻra, faqat Rossiya yoki Qirgʻiziston haydovchilik guvohnomasi ega haydovchilar taksichilik qilishlari mumkin. Shuningdek, shahar hokimligi rus tili rasmiy til sifatida qoʻllaniladigan mamlakatlarning “prava"si bilan ishlashga ruxsat berilganligi, haydovchi kamida uch yillik haydash tajribasiga ega boʻlishi kerakligini tushuntirgan.

MADI-ning ta’kidlashicha, 1-avgustdan boshlab Moskvada taksi xizmati ishlashini nazorat qilish tizimi ish boshlaydi. Unga koʻra, har bir haydovchiga identifikatsiya raqami beriladi, bu esa noqonuniy harakatlarni cheklaydi.