Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-iyun holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,2 mingtani tashkil etib, ulardan 12,7 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat кo’rsаtayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 648 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya — 2 229 ta
- Xitoy — 1 893 ta
- Turkiya — 1 744 ta
- Qozog‘iston — 999 ta
- Koreya — 902 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2021-yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Turkiya — 201 ta
- Rossiya — 158 ta
- Xitoy — 121 ta
- Qozog‘iston — 98 ta
- Koreya — 38 ta
Avvalroq Spot, yanvar- aprel oylaridagi tashkil etilgan korxonalar statistikasini taqdim etgan edi.