Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu yilning hisobi boʻyicha birinchi marta Oʻzbekiston oltin eksport qildi.
May oyida mamlakat $1,2 milliardlik oltin sotdi, buning natijasida ham import, ham tashqi savdo umumiy hajmi oshdi.
2020-yil birinchi yarmida Oʻzbekiston oltinni faol sotdi, ammo sentyabr oyida oltin narxi pasayib, yetkazib berish toʻxtatildi.
Koʻpgina mamlakatlarda oltin ishlab chiqaruvchilar uni oʻzlari eksport qiladilar, ammo Oʻzbekistonda yagona sotuvchi bu Markaziy bank boʻlib, u oltinni ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi va boshqa mamlakatlarga (asosan Shveytsariya) eksport qiladi.
Aprel oyida Markaziy bank mutasaddilari narxlar koʻtarilganda yana oltin sotishni boshlashlarini aytishgandi. May oyida shunday boʻldi ham, uning unsiyasi 1900 ga koʻtarilib, Oʻzbekiston undan foydalanib qolgan. Iyun oyida metall yana arzonlasha boshladi.