Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-may oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi $14,5 mlrd ni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan $1,7 mlrd ga yoki 13,2% ga koʻpaydi.
Bunda eksport hajmi $5,7 milliardga (14,0% ga koʻpaydi) va import hajmi $8,8 milliardga (12,7% ga koʻpaydi) yetdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston jahonning 163 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,4%), Rossiya Federatsiyasida (16,5%), Qozogʻistonda (10,5%), Turkiyada (8,9%), Koreya Respublikasida (4,5%), Qirgʻiz Respublikasi (2,3%) va Afgʻonistonda (2,0%) qayd etilgan.
Avvalroq Spot, Oʻzbekiston 4 oy ichida Ozarbayjonga $2,4 millionlik konditsioner eksport qilganligi haqida yozgan edi.