Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida Oʻzbekiston $155,4 millionlik avtomobillar eksport qildi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobarga koʻp.
Yanvar-may oylari davomida $55,9 millionlik dollarlik (oʻtgan yilga nisbatan 3%ga oshgan) elektr toki, $27,3 millionlik (34% ga koʻpaygan) neft va neft mahsulotlari, $294,1 millionlik meva va sabzavotlar eksport qilingan.
Bundan tashqari, xorijdan $143,8 millionlik oʻsimlik moyi va yogʻ mahsulotlari olib kelingan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 60,4% ga koʻp.
Shuningdek, joriy yilda $1,1 milliardlik toʻqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 19,2% ini tashkil etgan va oʻtgan yilga nisbatan 68% ga oʻsgan.
Oʻtgan 5 oy davomida $2,9 milliardlik mashinalar va transport asbob-uskunalari import qilingan. Bu umumiy import tarkibida 32,6% ni egallagan.
Avvalroq Spot, may oyida Oʻzbekiston $1,2 milliardlik oltin sotgani haqida yozgan edi.