Kia Oʻzbekistonda yangi modellarni sotishni boshladi. Kompaniya avvaliga faqat ikkita — Seltos va K5 modellarini taklif qilgan boʻlsa, roʻyxatga Sorento(429,9 million soʻmdan) va Soul (219,9 million soʻmdan) ham qoʻshildi.
Bundan tashqari, kompaniya Stinger va Karnaval savdolari boshlanganini eʼlon qildi.
Maʼlumot uchun, Kia 2020-yil kuzida Oʻzbekistonda avtomobillarni yigʻishni boshladi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, Jizzaxdagi ishlab chiqarish liniyasi Kia kompaniyasining Rossiyadagi shtab-kvartirasi nazorati ostida yaratilgan.
Shuningdek, birinchi bosqichda yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 mingta avtomobilni tashkil qilishi aytilgandi. Reja boʻyicha kelajakda payvandlash va boʻyash tsexlari ishga tushirilgach, u 100 mingtagacha koʻpayishi kerak.