“Автоваз” 12 oy ichida O’zbekistonda Lada va Renault rusumli avtomobillarni yig’ishni boshlaydi. Bu haqda ТАСС agentligi kompaniya ma’lumotlariga asoslanib xabar beradi.
“Bozorda rivojlanishning yana bir muhim tomonlaridan biri -bu mintaqaviy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirishdir. Bizda shundan imkoniyat mavjud. O’zbekistonda avtomobil komponentlarini yig’ishni yo’lga qo’yamiz. Dastlab bu Lada rusumli, keyinchalik esa Renault avtomobillari bo’ladi. Loyiha 12 oy ichida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. „UzAuto“ ning ishtiroki sabab bizning kompaniya bozorda katta o’rinni egallay olmaydi”, deya fikr bildirdi “Автоваз” kompaniyasi prezidenti Nikolay Mor.
Avvalroq Spot, 2021−2022-yillarda ishga tushishi kutilayotgan, Kia, Lada va Renault rusumli avtomobillar ishlab chiqarishi rejalashtirilganligi haqida xabar bergan edi. Kompaniyaning yillik quvvati 100 ming dona deya beholanmoqda. Investitsiyaning umumiy qiymati 60,9 million dollarga teng. Loyiha Koreyaning Korea Eximbank tomonidan moliyalashtiriladi.