Avvalroq Spot, kripto-valyutalar bozoridagi yoʻqotishning hajmi $1 mlrd ga yetganligi haqida xabar bergan edi. Barcha aktivlar bir necha soat ichida tushib ketdi.
Xitoydan yangi FUD (qoʻrquv, noaniqlik va shubha) paydo boʻlganidan soʻng, bitkoin ikki haftalik eng past darajaga tushib, $32000, ETH esa $2000 dan past koʻrsatkichni tashkil etdi.
Coinmarketcap kriptobirjasining hozirgi ma’lumotlariga qaraganda, bitkoin narxi $29, 893 ni tashkil etmoqda.
Bir sutka oldin barcha raqamli aktivlarning birlashgan bozor qiymati bir necha soat ichida $120 mlrd dan oshdi.