AOKA’da bo’lib o’tgan brifingda 2021-yilda kiberxavfsizlik bo‘yicha kutilayotgan xatarlar prognozi taqdim etildi.
2020- yilda dunyo miqyosida 1120 ta keng ko‘lamli kiberhujum qayd etilgan. 20 milliarddan ortiq ma’lumotlarga buzib kirilgan.
Spot, kiberhujum sabab “JBS” kompaniyasi go’sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha kombinatlarifaoliyatini to’xtatganlig i va tashkilotchilar jinoyatchilarga tovon puli to’lashgani haqida xabar bergan edi.
Shuningdek, AQSHdagi yoqilg’i quvurlari tarmog’iga kiber hujum qilingan edi. Natijada, mamlakat sharqida 17 000 ta yoqilgi shahobchalarida navbatlar yuzaga kelgan edi. Muammoni bartaraf etish uchun Colonial Pipeline kompaniyasi xakerlarga $5 mln tovon puli to’lagan.
Bundan tashqari, xakerlar dunyodagi eng yirik videoo’yin ishlab chiqaruvchilardan biri — Amerikaning “Electronic Arts” kompaniyasi tizimlarini buzib kirdilar. Ular FIFA va Battlefield seriyasining manba kodini o’z ichiga olgan 780 gigabayt ma’lumot olishdi.
Federal qidiruv byurosi tovlamachilarga to’lanadigan har qanday to’lovlarga qoralaydi, chunki bu bunday jinoyatlarning ko’payishiga yordam beradi. Oq uy rasmiylari hattoki kompaniyalarga to’lovlarni to’lashni taqiqlovchi qonun loyihalarini ishlab chiqishmoqda.
O‘zbekistondagi holat 2020 yilda “Uznet” manzilidagi veb-makonda 27 milliondan ortiq zararli va shubhali xurujlar, axborot tahdidlari aniqlandi. Kiberxavfsizlikka oid 342 ta holat qayd etildi.
Quyidagilar kiber jinoyatchilikning oshishini kuchaytirishi mumkin:
- tashkilot va korxona xodimlarining masofaviy ishlash tarziga o’tishi;
- onlayn-ta'lim;
- onlayn do’konlardan mahsulot xarid qilish;
- internet uskunalari (datchik,kamera va boshqa qurilmalar)dan birgalikda foydalanish.
2020-yilda yuqoridagi holatlar jinoyuatchilikni ko’paytirgan omillar hisoblanadi. Pandemiya holatini hisobga olib bu xatarlar 2021-yilda ham xuddi shunday ta’sir kuchiga ekanligi ta’kidlab o’tildi.