Friends and family formatida sinovdan o‘tkazilganidan so‘ng, O‘zbekistonda HUMO-Mastercard kobeydjing kartalari chiqarila boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.
Bunday kartani hozircha faqat “Asaka” Bank va “Anor Bank” da ochish mumkin bo‘lsada, tez orada bunday xizmat HUMO to‘lov tizimining a’zo bankida mavjud bo‘ladi.
“Kobeydjing kartasi o‘z foydalanuvchilari uchun bir qator afzalliklarga ega. Moliyaviy operatsiyalar geografiyasi kengayadi — kobeydjing kartasi Mastercard qabul qilinadigan 210 dan ortiq mamlakatda amal qiladi.
O‘z navbatida, men ushbu kartaning bo‘lajak egalarini xavfsizlik bilan bog‘liq barcha mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishga va hech qanday holatda firibgarlarning qurboniga aylanmaslik uchun karta fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikka chaqiraman", — dedi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.
Bunday karta egalari nafaqat POS terminallarida, balki dunyodagi barcha internet-do‘konlarida ham O‘zbekistonda va mamlakat tashqarisida xaridlarni amalga oshirishi va, albatta, Mastercard logotipi bo‘lgan bankomatlardan pul yechishlari mumkin.
Bunday kartaga nafaqat Rossiya Federatsiyasidan, balki dunyoning boshqa mamlakatlaridan pul o‘tkazmalarini darhol olish imkoniyati karta egalarini bank filiallariga qo‘shimcha tarzda tashrif buyurish ehtiyojidan xalos qiladi", — deya izohlaydi Mastercard Markaziy Osiyodagi bosh direktori Rafal Trepka.
HUMO- Mastercard kartasi Mastercard debet kartasi asosida an’anaviy plastik va virtual, keyinchalik raqamli karta shaklida chiqariladi. Xizmat tariflari va qo‘shimcha funksiyalarni bunday kartani chiqaradigan bank belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil dekabr oyida MBPM Mastercard bilan birgalikda HUMO tizimida xalqaro Mastercard kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilishni boshladi.
Joriy yilning 1-fevralidan boshlab, O‘zbekistonda chiqarilgan Mastercard kartalaridagi HUMO tarmog‘ida ilgari 1,5 foizni tashkil etgan mijozlar komissiyasi bekor qilindi.