Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga ko‘p.
2021-yilning may oyida 49 ta elektromobil import qilingan.
2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 166 ta
- Turkiya — 24 ta
- Koreya — 5 ta
- AQSH — 5 ta
- Germaniya — 3 ta
- Litva — 1 ta
- Ispaniya — 1 ta
Aprel oyidagi statistika bilan quyidagihavola orqali tanishish mumkin.