SpaceX kompaniyasi sentyabrda butun dunyoga sunʼiy yoʻldosh internetini taqdim etishni rejalashtirdi, deya yozmoqda “usnews”.
Bu borada yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sunʼiy yoʻldoshni joylashtirish koʻzda tutilgan. Xarajatlar taxminan $10 milliardga tushadi.
Xabar qilinishicha, Starlink orbital guruhi 1800ta sunʼiy yoʻldoshdan iborat boʻlsa-da, ularning barchasi orbitasiga chiqmagan. Qolgan qurilmalar oʻz joyini egallaganidan soʻng, ular uzluksiz global internet qamrovini taʼminlaydi.
Barcha sunʼiy yoʻldoshlar kerakli orbitaga chiqqanidan keyin kompaniya internet uzatish uchun ruxsatnoma olish boʻyicha muzokaralarni boshlaydi. Hozirda Starlink kompaniyasining sinov interneti 11 mamlakatda ishlamoqda.
Avvalroq Spot, SpaceX birinchi suzuvchi kosmodromni ishga tushirishi haqida xabar bergan edi.