Gruziyaning O’zbekistondagi birinchi raqamli banki “TBC Bank” Kuzatuv kengashi raisi Nikoloz Kurdiani ishga kirish istagida bo’lgan xodimlarni qaysi sifatlarga qarab tanlab olishi haqida gapirib berdi.
“Tajribasidan tashqari e’tibor qaratadigan jihatlarim — bu nomzod qanchalik tabassum qiladi, bo’sh vaqtini qanday taqsimlaydi, nima bilan shug’ullandi va shaxsiy extiyojlarini o’rganishga qaratilgan g’alati savollar berishni yoqtiraman. Agar bu savolga nomzodning reaksiyasi o’rgarsa buni inobatga olaman” , deydi Kurdiani.
Shuningdek, u bankka ishga kirish niyatida bo’lgan kadrlarni sinchkovlik bilan tanlovdan o’tkazishi (6 bosqich maksimum) haqida ham aytib o’tdi. Uning fikricha, bunday uslub xodimning ishlashdagi keyingi karyerasi va bankning rivojiga ta’sir ko’rsatmasdan qolmaydi.
“Alter Ego” kanaliga bergan intervyusida Kurdiani O’zbekistondagi “kadrlar yetishmasligi” mavzusini noto’g’ri deb hisobladi va bank ishlashni boshlagandan buyon 100 dan ortiq xodimlarni ishga qabul qilganligini aytdi.
Shu bilan birga, boshqaruvchi yoshlarga bir nechta maslahatlar berib o’tdi. Uningcha, doimiy o’z ustida ishlash, vazifalarni tezkor bajarish va doimiy yangi narsalarni o’rganishga bo’lgan jihatlar hozirda barcha sohalarda kerakli bo’lmoqda. Tezkorlik bilan rivojlanayotgan raqamlashtirish va boshqa sohalardagi bilimlarni egallash uchun inson o’ziga temp — “oqim” yaratishi zarurligini ta’kidladi.