Hindistonning “Minda Industries Limited” (MIL) kompaniyasi “Uz Chasys” ustav kapitalidagi 51 foiz ulushi 83 mlrd so’mga sotib olganligi haqida e’lon qildi. Bu haqda Spot’ga korxona matbuot xizmati xabar berdi.
UzChasys" qo’shma korxonasi 2009-yil 24-sentabrda tashkil etilgan. U Namangan shahrida joylashgan bo’lib umumiy maydoni 16 000 m2 ni tashkil qiladi. Korxona avtomobillar uchun yoritish chiroqlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Zavod shuningdek, “АвтоВАЗ” korxonasining LADA rusumli avtomobillari uchun ham faralar ishlab chiqarib eksport qiladi. Joriy yilning may oyida “UzAutosanoat” zavod ustav fondidagi ulushning boshlang’ich 76,8 mlrd so’mdan boshlab sotilishi haqida e’lon qilgan edi.
“MIL” yaqin yillar ichida O’zbekistondagi avtomobil bozori rivoji istiqbolli deya fikr bildirib, kompaniya ulushini sotib olishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun: “Minda Industries Limited” 1980 yilda Hindistonda tashkil etilgan, Ikki,uch va to’rt g’ildirakli avtomashinalar uchun faralar ishlab chiqaradi. Mijozlar orasida Daihatsu, Mbk, Suzuki, Piaggio, Kawasaki, Torica, Volkwagen va boshqalar mavjud.