IT Park tajribali rekruter lavozimiga bo‘sh ish o‘rni mavjud ekanligini ma’lum qiladi.
IT Park quyidagi ish sharoitlarini taqdim etadi:
- ish grafigi soat 9.00 dan 18.00 gacha, haftasiga 5 ish kuni;
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq ish;
- ahil va quvnoq jamoa;
- kasbiy o‘sish va professional rivojlanish imkoniyati;
- ish haqi suhbat natijalariga qarab belgilanadi.
Biz izlayotgan rekruter qanday bo‘lishi kerak:
- oliy ma’lumotli;
- kompaniya xodimlarini ishga olish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- rus va o‘zbek tillarini mukammal darajada bilishi, savodli yozishni, o‘z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilishi;
- kompyuterda ishlashni, shu jumladan Microsoft Office dasturidan foydalanishni bilishi;
- stressga chidamli, muloqotga kirishuvchan, yaxshi xotiraga ega bo‘lishi;
- odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati;
- malakali kadrlarni tanlash va tegishli kanallarni izlash qobiliyatlari.
Rekruterning vazifalari nimalardan iborat:
- IT Park uchun mos nomzodlarni izlash;
- intervyular o‘tkazish;
- turli lavozimlarga nomzodlarning tajribasi, qobiliyati va shaxsiy fazilatlarini baholay bilish.
Arizalarni http://hr@it-park.uz elektron manziliga jo‘nating