“Škoda Auto” avtomobil markasi 28-iyundan boshlab Chexiyadagi zavod faoliyatini vaqtinchalik to’xtatdi. Bu holat qachongacha davom etishi haqida ma’lumotlar berilmagan.
Brend ma’lumotlariga asoslanib, Reuters nashrining xabar berishicha, yarim o’tkazgichlar yetishmasligi kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyatiga ta’sir o’tkazmasdan qolmagan.
Ma’lumot uchun: Avtomobil sanoati uchun chiplar yetishmovchiligi butun dunyoda 2020-yilning bahorida avtokonsernlar mashinalar uchun buyurtmani kamaytirganliklari ortidan kelib chiqdi.
Keyinchalik tarmoqning qayta tiklanishi uchun boshqa tarmoqlarning mikrosxemalarga bo’lgan talabi shunchalik tez o’sib ketdiki, bu talabni qondirish qiyinlashib ketdi (chiplarni ishlab chiqarish uchun 6 oy va undan ko’p muddat talab etiladi).
Mavzuga doira: Tesla yarimo’tkazgichlar muammosi sabab “Model S Plaid Plus” sedanini sotishdan voz kechdi. Uning o’rnida kompaniya “Model S Plaid” ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratmoqda.
Vaziyatni yanada qiyinlashtirgan voqealardan biri — Yaponiyaning Renesans Semiconductor Manufacturing Co. zavodida katta yong’in yuzaga kelganligidir, undan oldin esa fevralda Texas hududida qor bo’ronlari sababli ishlab chiqaruvjarayoni to’xtatildi.
Yarimo’tkazgichlar yetishmasligi muammosi bilan O’zbekiston avtopromi ham duch keldi. Buning natijasida kompaniya buyurtma berilgan mashinalarni yetkazib berish muddati 2 oygacha cho’zilishi haqida ogohlantirgan edi.
Muammoni yechimi 2022-yilning ikkinchi choragida butunlay hal etilishi kutilmoqda.