“Uzbekistan Airways"ning maʼlum qilishicha, endilikda Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishida haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
- Toshkent — Buxoro yoʻnalishidagi aviachiptalar 214 000 soʻmdan boshlansa;
- Toshkent — Buxoro — Toshkent yoʻnalishidagi aviachiptalar narxi esa 403 000 soʻmdan boshlanadi.
Avvalroq Spot, Urganch — Istanbul — Urganch yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnov tiklanganligi haqida xabar bergan edi.