O‘zbekiston may oyida $37,2 mln qiymatida yengil avtomobillar import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati $150,9 mlnga teng bo‘lgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan.
2021-yilning o‘tgan 5 oyi mobaynida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Koreya — 42,7 mln.
- Xitoy — 41,1 mln.
- Rossiya — 30,5 mln.
- Qozog‘iston — 8,8 mln.
- AQSH — 6,7 mln.
- Tailand — 6,6 mln.
- Polsha — 4,6 mln.
- Germaniya — 3,9 mln.
- Litva — 2,5 mln.
- Yaponiya — 2,0 mln.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-may oylarida import qilingan elektromobillar uchun $4,6 million sarflangan.