28-iyundan 12-iyulgacha karantin choralari kuchaytirilishi, Toshkentga qoʻshni viloyatlardan avtomobil va avtobuslar orqali kirib kelish cheklanishi haqida yozgan edik.
“kun.uz"ning Transport vazirligi axborot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Toshkentga kirishda oʻrnatilgan cheklovlar aviaqatnovlar va temir yoʻl xizmatiga tegishli emas.
“Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan poytaxtga kirishda aviaqatnovlar hamda temir yoʻl qatnovlari bekor qilinmagan. Ushbu transport vositalarida barcha sanitariya va epidemiologiya tartib-qoidalariga amal qilgan holda qatnovni amalga oshirish mumkin”, — deya izoh bergan vazirlik axborot xizmati.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda kasallik qayd etilganlar 500 nafardan, davolanayotgan bemorlar esa 3500 nafardan oshgan, ikki nafar bemor vafot etgan.