“АвтоВАЗ” Lada Vesta, Xray va Largus modellarini ishlab chiqarishda multimedia tizimi va kruiz-nazorati bilan ishlaydigan koʻp funksiyali ruldan voz kechdi. Buning sababi mikrochiplarning yetishmasligidir, deya yozmoqda “Ведомости”.
Radio va koʻp funksiyali rulga ega boʻlganlar avtomobil uchun ikki oy kutish kerak, deya qoʻshimcha qiladi Inc.
“Xaridorlarda boshqa iloj yoʻq, shuning uchun ular bor narsalarini sotib olib, qoʻshimcha ravishda 50 ming rubl toʻlab salonga magnitol oʻrnatmoqdalar”.
“АвтоВАЗ” maʼlumotlariga koʻra, sentyabrgacha toʻliq komplekt darajasida Lada Largus va Lada Vesta avtomobillari boʻlmaydi.
Maʼlumot uchun, mikrochiplarning yetishmasligi sababli, koʻplab avtomobil ishlab chiqaruvchilari vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarishni toʻxtatishga, shtatlarni qisqartirishga va 2021-yilga moʻljallangan avtomobillarni ishlab chiqarish prognozlarini qisqartirishga majbur boʻlishmoqda.