Buyuk Britaniya hukumati Binance kriptobirjasini o’z hududida faoliyat olib borishiga taqiq qo’ydi. Bu haqda mamlakat Moliyaviy faoliyat ustidan nazorat olib borish vazirligi xabar berdi.

Kompaniyaga mamlakatda tartibga solinadigan faoliyat bilan shug’ullanish taqiqlanadi va bu haqda fuqarolarni veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda xabardor qilishi shart deya belgilandi.

Vazirlik talabiga binoan, kompaniya 30-iyungacha Buyuk Britaniyada reklama va aksiyalarni to’xtatishi kerak.

Shuningdek, kompaniya o’z veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarida Binance Markets-ga mamlakatda tartibga solinadigan faoliyat bilan shug’ullanishga ruxsat berilmaganligi to’g’risida xabar berishi kerak.

Binance Buyuk Britaniya foydalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarning xavfsizligi va saqlanishini ta’minlashi va bu haqda 2-iyulga qadar regulyatorga xabar berishi kerak, deb yozadi Reuters.

Regulyator tomonidan ushbu qarorning sabablari ochiqlanmagan. Binance kompaniyasi esa bu holat ularning veb-saytlariga ta’sir qilmasligi haqida aytib o’tgan.