Vladimir Putin Rossiyaga ishlash uchun kelayotgan chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni 15-iyulga qadar emlash ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi.
Rossiyada shanba kuni “Sputnik Layt” vaksinasining dastlabki partiyalari fuqarolik muomalasiga kiritildi, uni xorijiy fuqarolar, shu jumladan mehnat muhojirlarini emlash uchun ishlatish rejalashtirilgan.
“Iyun oxirigacha taxminan 2,5 million doza fuqarolik muomalasiga kiritiladi”, — dedi Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Shuningdek, ish beruvchi emlash xizmatlari uchun pul toʻlaydi va xodimlarning sertifikatini oladi. Vaksinatsiya narxi bitta xodim uchun 1300 rublni tashkil etadi, deyilgan xabarda.