Spot avval yozganidek, Salvador dunyodagi birinchi boʻlib bitkoinni rasmiy valyutaga aylantirgandi.

Mamlakat prezidenti Nayib Bukelening fikricha, bitkoindan rasmiy valyuta sifatida foydalanish iqtisodiy oʻsishga olib keladi.

Aholini ragʻbatlantirish uchun hokimiyat har bir layoqatli fuqaroga hukumatning kripto-dasturi — Chivo-da roʻyxatdan oʻtish uchun $30 dan bermoqda.

Qonunga koʻra, sentyabrdan boshlab kripto valyuta AQSh dollari bilan bir xil toʻlov vositasi hisoblanadi (mamlakat 2004-yildan beri oʻz valyutasiga ega emas).

Maʼlumot uchun, Salvador chet el pul oʻtkazmalariga juda bogʻlanib qolgan, ular YaIMning 20% ini tashkil qiladi. Rasmiy toʻlov vositasi sifatida bitkoinni qabul qilish pul oʻtkazmasini soddalashtiradi, deb prognoz qilinmoqda.

Avvalroq Spot, Binance kriptobirja faoliyati Buyuk Britaniya hududida taqiqlanganligi haqida xabar bergan edi.