2021-yilning birinchi yarmida global mobil ilovalar uchun sarflangan xarajatlar 2020-yilning birinchi yarmiga nisbatan 24,8% ga oʻsdi, deya yozmoqda Techcrunch.
App Store-da dasturlarga sarflangan mablagʻ $41,5 milliardni tashkil etdi, bu Google Play-ga qaraganda 1,8 baravar koʻpdir ($23,4 milliard). Shu bilan birga Google Play-da xarajatlar 30% ga, App Store-da esa 22,1% ga oshdi.
Foydalanuvchilar asosan oʻyinlar, sport, moliya, biznes, mutolaa va koʻngil ochish dasturlariga mablagʻ sarfladilar. TikTok, YouTube va Tinder eng ommabop ilovalarga aylandi.
Yil boshidan buyon oʻyinlardan tashqari Google Play-da 56,2 mlrd marta dasturla yuklab olingan, bu App Store-ga qaraganda 3,5 baravar koʻproq hisoblanadi (16,3 mlrd).
Eʼtiborli jihati, TikTok 384,6 mln marta yuklab olingan. Bu bir yil avvalgi koʻrsatkichdan 38% ga kam. Shuningdek, kuchli beshlikdam Facebook, Instagram, WhatsApp va Telegram joy olgan.
2021-yilning birinchi yarmida mobil oʻyinlar ichida Tencentʼs Honor of Kings ($15 mlrd dan ortiq), PUBG Mobile ($1,5 mlrd) va Genshin Impact ($848 mln) eng koʻp foyda ishlab oldilar.