Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyun kuni mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Misdan keladigan daromad bugungi kunda 2,5 milliard dollarni tashkil etayotir. Kelgusi 5 yilda mis ishlab chiqarish hajmini 400 ming tonnagacha yetkazish orqali, bu ko‘rsatkichni turdosh tarmoqlar bilan birga 7−8 milliard dollarga yetkazish mumkin.
Xalqaro ekspertlarning fikricha, elektromobillar, elektrotexnika va qayta tiklanuvchi energiya sohalarining rivojlanishi evaziga 2030-yilga borib dunyoda misga bo‘lgan talab 40 foizga oshishi kutilmoqda.
Shu maqsadda, 24-iyun kuni “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Mis sanoati klasteri tashkil etilishi belgilandi va Bosh vazir rahbarligida Maxsus komissiya tuzildi.
Avvalo, rangli va noyob metallar uchun geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish bo‘yicha 5 yillik dastur ishlab chiqiladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligiga soha korxonalarining faoliyatini ilmiy-tadqiqot va amaliy innovatsiya ishlari bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqiladi.
Kombinatlarda avtotransport, raqamlashtirish kabi alohida faoliyat turlari xususiy sektorga kooperatsiya va autsorsing asosida beriladi.