Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ ustav kapitalidagi 71,2 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qildi.

Sotish ishlari Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Sotuvchi Davaktiv agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi"dir.

Vino kombinatini xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.

Kompaniya to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

  • Kompaniya Samarqand shahrining tarixiy qismida joylashgan;
  • Joriy ishlab chiqarish quvvati — yiliga 740 ming dekalitr alkogolli ichimliklarni tashkil etadi, mahsulotning asosiy qismi ichki bozorda sotiladi;
  • Korxonada 6 ta vino va alkogolli ichimliklarni quyish liniyasi mavjud. Shuningdek, zavod hududida jamlanma (kolleksiya) vinolar (32 ming shisha) saqlanadigan yer osti inshooti mavjud;
  • Kompaniya xodimlarining umumiy soni 200 kishi atrofida;
  • 2020 -yilda mahsulot sotishdan tushum 19 mlrd so’mni, yalpi foyda — 2,3 mlrd so’mni tashkil etdi.

Quyidagi havola orqali Kompaniya to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Bitimni amalga oshirish va Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Qabul qilingan yondashuvga muvofiq, Kompaniyani sotish mexanizmi va jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. Xat shaklida ariza yuborish orqali Bitimda ishtirok etish istagini bildirish va ishtirokchilarni malakaviy saralash;
  2. Tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Bitimni tuzish.

Jarayonlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq Spot, “Nukus vino zavodi” xususiylashtirilishi haqida xabar bergan edi.