Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o’zining “Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar” rukni ostidagi hisobotida O’zbekiston iqtisodiyoti drayver sohalar ishtirokida 2021-yilda 5,6 foiz, 2022-yilda esa 6 foiz o’sishini taxmin qilmoqda. Bu haqda tashkilot hisobotida ma’lumot beriladi.
Shuningdek, keyingi yillarda shaxsiy iste’mol va investitsiya miqdori oshishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga asosan, iqtisodiyotning asosiy sohalari hisoblangan: xizmat ko’rsatish, yirik sanoat, qurilish va qishloq xo’jaligi joriy yilda ijobiy ko’rsatgichlar qayd etadi. Shu bilan birga, pandemiya bo’lishiga qaramasdan davlat ishtirokidagi korxonalarning xususiylashtirilishi va bozor islohotlarining davom ettirilishi juda muhim hisoblanadi.
Mintaqaviy ko’lamda esa mamlakatlar iqtisodiyoti xomashyo narxlarining oshishi va bu orqali eksport sohasidagi ijobiy ko’rsatkichlar, shuningdek pul o’tkazmalarining tiklanishi 2021−2022-yillarda 4,5 foiz o’sishni qayd etishi mumkinligi prognoz qilinmoqda.
Puxta o’ylab chiqilgan vaksina olish dasturi va sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar ijtimoiy masofa choralari va boshqa cheklovlarni asta-sekinlik bilan olib tashlanishiga yordam berdi.
Natijada, sanoat mahsulotlari va riteyl savdosi hamda Bank investitsiyalari mavjud hududlarda iqtisodiyot qayta ishga tushib, pandemiyagacha bo’lgan darajaga yetib keldi.
Xalqaro turizm sohasi istiqbollari dunyo bo’ylab keng tarqalgan cheklovlar ortidan noma’lumligicha qolmoqda. Buning ortidan, iqtisodiyotining asosiy foydasi turizmdan keladigan mamlakatlar haligacha qiyinchiliklarni his qilishmoqda.
Covid-19 shuningdek, shaxsiy daromadlarga ham ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Ta’lim darajasi pastroq bo’lgan davlat fuqarolari foydasi ham sezilarli kamaydi.
Ko’plab mamlakatlardagi davlat qarzi 1990-yillardagi kabi, o’tish davridagi tanazzulni boshdan kechirishi mumkin. Davlatlarning keng qamrovli siyosati va subsidiyalar hozirda iqtisodiyotni bankrotlikdan saqlab kelmoqda. Agar bu turdagi qo’llab-quvvatlash choralari bekor qilinsa, davlat iqtisodiyoti zaiflashadi.
Avvalroq, Bank O’zbekistonda 2021-yilda real YAIMning 2 foizga qisqarishini prognoz qilgan edi. Tahlilchilar eksport va ichki talabning tiklanishi bilan bogʻliq holda 2021-yilda 4,5 foizga oʻsish kutilmalarini aytib o’tishgan edi.