Microsoft Windows 11-ning oldindan koʻrish versiyasini chiqardi. Foydalanuvchilar “Центр обновления Windows” orqali yangilanishni test qilib koʻrishlari mumkin.
Windows 11 ni qanday oʻrnatish kerak
Avvalo, kompyuterning yangi tizimning talablariga javob berishini tekshirishingiz kerak.
Agar kompyuter yangi OS uchun mos boʻlsa va unga Windows 10 oʻrnatilgan boʻlsa, unda siz Windows Insider dasturiga qoʻshilishingiz kerak, shunda yangilanish bepul boʻladi. Ushbu sahifa dasturga qoʻshilishingiz mumkin.
Keyin sozlamalarga oʻtib, — “обновление и безопасность” — Windows Insider va “приступить” tugmasini bosishingiz kerak. Tizim sinov dasturiga ulanadigan akkauntni tanlashingizni soʻraydi, keyin yangilash kanallarini tanlashni taklif qiladi.
Ular uchta:
- Dev (eng birinchi versiyasini oladigan dasturchilar uchun),
- Beta (dasturiy taʼminotni sinab koʻrishni yaxshi koʻradigan ixlosmandlar uchun),
- Release Preview (eng stabil versiya).
Avvalroq Spot, Windows 11 taqdimoti va undagi yangiliklar haqida yozgan edi.