Brand Finance-ning tahlillariga koʻra, Coca-Cola, PepsiCo, Nestle va boshqa yirik korporatsiyalar alkogol, qandolatchilik, shoʻr gazaklar, shakarli ichimliklar va boshqa zararli oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda cheklovlar tufayli $500 mlrd yoʻqotishi mumkin.
Tahlilchilarning fikriga koʻra, toʻqqizta eng yirik brendlar uchun potensial xarajatlar taxminan $267 mlrd ni, umuman ishlab chiqaruvchilar uchun esa ikki baravarni tashkil qiladi.
PepsiCo eng koʻp zarar koʻrishi mumkin ($61,7 mlrd), kompaniyaning asosiy raqobatchisi Coca-Cola esa $43 mlrd yoʻqotishi kutilmoqda. Foiz bilan aytganda eng katta pasayish alkogol ichimliklar ishlab chiqaradigan kompaniyada yuz beradi (Diageo — 71,6%). Umuman olganda, alkogol, shirinliklar, gazaklar va shakarli ichimliklar brendlari $521 mlrd puldan quruq qolishi hech gap emas.
Tahlilga koʻra, barcha korporatsiyalar pasayib borayotgan bozor qiymatlariga duch kelishadi. Oʻrtacha pasayish taxminan 25% ni tashkil qiladi. Treasury Wine Estates (-38,9%) eng past darajada pasayishi kutilmoqda, undan keyin PepsiCo (-27,6%) va Pernod Rikard (-27,4%) kompaniyalari moliyaviy xavf ostida qolmoqda.