Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask joriy yilning avgust oyida Starlink sun’iy yo’ldosh interneti ishga tushirilishini e’lon qildi. Loyihaning amalga oshirish uchun umumiy hisobda 20−30 mlrd dollar sarflanishi mumkin.

Starlink 5G tarmog’i va simli internet o’rtasidagi bo’shliqni to’ldirishi kutilmoqda. Ilon Mask fikricha, 2021-yilning avgustiga kelib, sun’iy yo’ldoshlar qutblardan tashqari dunyoning barcha qolgan qismini qamrab oladi va yiliga 500 ming foydalanuvchini internet bilan ta’minlaydi.

Starlink internetiga oylik obuna soliqlarni hisobga olmagan holda butun dunyo bo’ylab $100 (yo'ldosh $500) ni tashkil etadi.

Shuningdek, Mask chekka hududlarda yashaydigan va sharoiti og’ir aholi uchun internet narxlari 200−350 dollargacha tushirilishi mumkinligi haqida ham aytib o’tgan.

Avvalroq, SpaceX kompaniyasi sentyabrda butun dunyoga sunʼiy yoʻldosh internetini taqdim etishni rejalashtirgani haqida xabar bergan edik.