1 iyuldan mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi. Bu haqda DSQ rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 249-sonli qarori bilan mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.
Qaror bilan Davlat soliq qo‘mitasiga Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini (pozitsiya, subpozitsiya, brend va atribut) kengaytirib borishi, ya’ni mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kod (MXIK)larini shakllantirishi vakolati berilgan.
Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi — bu ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turiga tayinlangan belgilar (raqamlar) to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida elektron katalog bazasida mahsulot va xizmatlarga bosqichma bosqich 17 raqamli identifikatsiya kodlari yaratilmoqda.
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan mahsulot va xizmatlar uchun 17 ta raqamli MXIKlarni saqlab olishlari mumkin.
Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bu yerda.
1 iyul 2021, 11:32
Iqtisodiyot
Qonunchilik
1-iyuldan mahsulotlarning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Foto: Spot
«Spot»
- 3 495
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 20:16 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan.
Bugun, 19:59 Texnologiyalar
Apple Siri’ning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda — Bloomberg
Yangilangan ovozli yordamchi kompaniya qurilmalari bilan muloqotni yanada tabiiy va samarali qilishga yordam beradi.
Bugun, 19:12 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga $540 mlnlik gaz eksport qildi
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,4 baravarga oshib, $1,36 mlrdga yetdi.
Bugun, 18:49 Foydali
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
Spot mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Bugun, 18:39 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi IT-infratuzilmasini Bloomberg platformasi bilan integratsiya qildi
Bu orqali kotirovkalar, buyurtmalar kitoblari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida uzatish mumkin.
Bugun, 17:54 Biznes
Boeing AQShda 2500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 17 000 ish o‘rnini yoki ishchi kuchining 10%ini qisqartirish rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Bugun, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 14 tiyinga pasayib, 12 829,07 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 16:00 Energetika
Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.