“UzAuto Motors” Damas va Labo avtomobillarining yangilangan modellarini taklif etdi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, Damas avtomobilining to‘rt o‘rinli modifikatsiyasini (o‘rindiqlar uchinchi qatorisiz) va bort qanotlarisiz Labo modellarini ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qiladi.
Mazkur avtomobillar o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarilmoqda.
Avtomobillar uchun shartnomani 2021-yil iyul oyining beshinchi sanasidan e’tiboran kompaniyaning rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
Yangilangan avtomobillar xaridorlarga quyidagi narxlarda taqdim etiladi:
Damas — 77 790 000 so‘m.
Labo — 76 891 000 so‘m.
Avvalroq Spot, “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati, Pitnak shahridagi zavodda yangi press-majmuasini ishga tushirganligi haqida xabar bergan edi. Kompaniya ochilish marosimida “Damas” rusumli avtomobilning yangi modellari ham namoyish etib, ular 1−1,5 oy ichida sotuvga chiqarilishi haqida aytib o’tilgan edi.