Uzbekistan Airports kompaniyasi poytaxt aeroportidan uchayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida Toshkent xalqaro aeroporti terminali estakadasini ochishni ma’lum qildi.

Estakada bo‘ylab avtotransport vositalari harakati 2021-yil 10-iyuldan test rejimida ishga tushadi.

Bunda:

  • Toshkent xalqaro aeroporti bilan shartnoma imzolagan litsenziyaga ega taksilar;
  • O‘zbekiston Turizm va sport vazirligining arizasiga ko‘ra, turistik avtobuslar hamda mikroavtobuslar;
  • VIP va Business Lounge orqali xizmat ko‘rsatiladigan xorij delegatsiyalari avtotransport vositalariga estakada bo‘ylab harakatlanishga ruxsat beriladi.

Estakada ochilishi haqida 19-aprel kuni “Uzbekistan Airways” hamda “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to’g’risidagi brifing yuzasidan Prezident matbuot xizmati kotibi Sherzod Asadov aytib o’tgan edi.