Samolyot prototipi Nitra va Slovakiyaning Bratislava shaharlaridagi xalqaro aeroportlar oʻrtasida 35 daqiqalik parvozni amalga oshirdi.
Gibrid avtomobil samolyoti AirCar BMW dvigatel bilan jihozlangan va oddiy benzinli nasosli yoqilgʻida ishlaydi. Ixtiro muallifi Stefan Klaynning aytishicha, u taxminan 2500m balandlikda 1000 km masofa ucha oladi va u shu paytgacha havoda 40 soat parvoz qilgan.
Avtomobildan samolyotga aylanish uchun ikki daqiqa 15 soniya kerak boʻladi. Havoda transport vositasi soatiga 170 km tezlikka erisha olgan.
Mazkur “havo mashinasi” ikki kishini (200 kg) koʻtara oaldi. Ammo dron-taksi prototiplaridan farqli oʻlaroq, u vertikal ravishda koʻtarilib tusha olmaydi va uchish-qoʻnish yoʻlagini talab qiladi.
Seshanba kuni boʻlib oʻtgan sanoat tadbirida Hyundai Motors Europe-ning ijrochi direktori Maykl Koul ushbu konsepsiyani “bizning kelajagimizning bir qismi” deb atadi.
Bu mavjud transport infratuzilmasidagi zoʻriqishning potensial yechimi hisoblanadi. AirCar prototipni ishlab chiqarishga taxminan ikki yil vaqt ketganligini va €2 mln dan kam sarmoyaga sarflanganligini aytmoqda.
Shuningdek, Birgina AQShdan 40 mingga yaqin samolyot buyurtmasi mavjudligi taʼkidlangan.