“Beldirsoy oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlari boʻyicha talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021-yil 15-iyulga qadar uzaytiriladi. Bu haqda Davaktiv boshqarmasi xabar berdi.
Shu bilan birga, “Beldirsoy oromgohi” dam olish maskaniga tutash hududda joylashgan Sport bazasi (Kanat yoʻli)ni qoʻshib, butun majmua sifatida sotish masalasi oʻrganib chiqilmoqda.
“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskanining sotuv shartlari oʻzgargan hollarda qoʻshimcha e’lon beriladi.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi dam olish maskanlarining sotuvga chiqarilishi xususida Spot mart oyida xabar bergan edi. Sotish 2-bosqichda amalga oshiriladi — malakaviy saralash va talabgorlarning sotib olish qobiliyatini baholash.