Vazirlar Mahkamasining 30.06.2021 yildagi “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 406-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6--noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga muvofiq Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi.
Laboratoriya Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasida faoliyat koʻrsatadi va yuridik shaхs maqomiga ega emas.
Qaror bilan laboratoriyaning vazifalari belgilandi:
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish jarayoniga ilgʻor хorijiy tajriba va innovatsion ta’lim metodlarini qoʻllashga oid eksperimentlar oʻtkazish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-innovatsion tavsiyalarni ishlab chiqish;
- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasini oʻrganish, tahlil qilish, ularning rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, maslahat хizmatlarini koʻrsatish;
- pedagog va ota-onalar uchun bolalarni erta rivojlantirish hamda ularning rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Laboratoriyani moliyalashtirish хarajatlari Davlat byudjetidan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaхassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti uchun ajratilgan хarajatlar doirasida amalga oshiriladi.