Bankomatlar bilan muammolar tez-tez sodir boʻlib turadi. Baʼzida karta chiqmay qoladi, baʼzida hisobda adashiladi, baʼzida esa naqd pul berish masalasida xatolikka yoʻl qoʻyiladi.
Odatda bankomatning bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari quyidagilar boʻladi:
- pin kod ketma-ket uch marta notoʻgʻri kiritilishi natijasida
- bank kartasi muddati tugagan (muddati oʻtgan) yoki bloklangan boʻlsa
- bank kartasi mexanik zarar koʻrgan boʻlsa (chip zararlangan)
- operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10−20 soniya ichida qaytarib olinmasa
- bankomat qandaydir nosoz holatda boʻlsa.
Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yubormaslik, ushbu chek bank kartani qaytarib olish uchun bankka murojaat qilish kerak. Agar bankomat hech qanday chek bermagan boʻlsa, qaygʻurishga hojat yoʻq, cheksiz ham bank kartasini qaytarib olish mumkin.
Xoʻsh, bunday holatlarda nima qilish kerak?
Amaliyotni bekor qilishga harakat qiling
“Bekor qilish” tugmasini bosing, bir necha daqiqa kutib turing — bu vaqt davomida “texnik nosozlik” avtomatik ravishda bartaraf etilishi mumkin. Agar bankomat bank kartangizni qaytarmasa, bankomatning joylashuviga (bank ichida yoki alohida ATM punktida) qarab bank xodimiga murojaat qiling.
Bankomatga xizmat koʻrsatuvchi bankka qoʻngʻiroq qiling
Bankomatning oʻzida bank nomi va bank kartangizni qaytarib olishingiz uchun nimalar qilishingiz zarurligini tushuntirish uchun aloqa raqami haqida maʼlumotlar mavjud. Bankomat bank binosida joylashgan boʻlsa, xodimlarga murojaat qiling.
Bank kartasining qaytarilmasligi haqida telefon orqali xabar bering, bank kartasi maʼlumotlarini ayting, zarur hollarda savollarga javob bering. Bank xodimi sizga bank kartasini qaytarish uchun qayerga va qanday hujjatlar bilan murojaat qilishingiz kerakligini aytadi.
Bankomatni urish yoki uni ochishga harakat qilib, muammoni hal qilishga urinmang. Agar bunday harakatlar bilan bankomatga zarar yetkazsangiz, bank zararni qoplashni talab qiladi.
Xizmat koʻrsatuvchi bank vaziyatni oʻrganib chiqib, holat boʻyicha tushuntirish olib boradi, bank kartasini bir kun ichida qaytarib beradi, yoki bank kartasiga zarar yetgan/muddati tugagan taqdirda, oldingi karta oʻrniga yangi kartani chiqaradi.
Mazkur maqola Markaziy bankning finlit.uz sayti maʼlumotlari asosida tayyorlandi.