Virgin Galactic kosmik kompaniyasi 11-iyul kuni suborbital kosmik parvozni sinovdan oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Unda kompaniya asoschisi Richard Brenson ham ishtirok etadi, deb yozadi vc.ru.
Parvoz Virgin Galactic Unity-22 kosmik kemasida amalga oshiriladi. U Yerdan 80 kilometr balandlikka koʻtariladi. Parvoz ishtirokchilari bir necha daqiqani nol tortishish kuchida oʻtkazadilar.
Brenson boshqa parvoz ishtirokchilari singari skrining va treninglardan oʻtadi. U bilan birga ikkita uchuvchi, shuningdek, bosh kosmonavt Bet Musa, operatsiyalar boʻyicha katta muhandis Kolin Bennet va hukumat bilan aloqalar boʻyicha vitse-prezident Sirish Bundl boʻladi.
Parvoz, ob-havo sharoitiga qarab amalga oshiriladi va Virgin Galactic-ning veb-sayti, Twitter, Facebook va YouTube-da efirga uzatiladi.
Virgin Galactic kompaniyasining kosmik sayyohlik bozoridagi asosiy raqobatchisi Blue Origin oʻzining birinchi sayyohlik parvozini 20-iyulga rejalashtirgan. Blue Origin kemasiga chipta kim oshdi savdosida oʻynalgan, uning narxi $28 mln ni tashkil qildi. Parvozda kompaniya asoschisi Jeff Bezos va uning ukasi ham bortda boʻladi.