1-iyuldan boshlab soliq organlarida soliq hisobini yuritish jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshirishga oʻtildi.

Xoʻsh, bundan koʻzlangan maqsad nima

STIR olish va qayergadir taqdim qilish amaliyoti bekor qilinishidan asosiy maqsad — bu avvalo qulaylik yaratish. Shaxsiy identifikatsiya raqamining asosiy rolga oʻtishiga kelsak, bola tugʻilishi bilanoq uning hujjatlariga jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami (JSHSHIR) biriktiriladi. Bu esa fuqaroning kelajakdagi barcha hujjatlarida oʻzgarmasdan aks etadi (masalan, pasport seriyasi oʻzgaruvchan).

Shuningdek, identifikatsiya raqami barcha idoralarda oʻzgarmas yagona indifikatorga aylanadi. JSHSHIRni hech qayerdan qidirish shart emas, u qaysidir idoraga borib, navbatda turib olinmaydi.

JSHSHIRni qanday olish mumkin

Fuqarolar oʻz pasportlarining quyi qismida joylashgan raqamlar ketma-ketligini 2 ta raqamni tashlab ketgan holda olishlari mumkin.


Bundan tashqari, fuqarolar soliqlarni STIR orqali emas, JSHSHIR orqali bosqichma bosqich amalga oshiriladi.

1-iyuldagi oʻzgarish yuridik shaxslarga ham tegishlimi

Oʻzgarishlar hozircha faqat jismoniy shaxslarga tegishli. Yuridik shaxslar oʻzlarining STIR raqamida qoladilar.

Xorijiy davlat fuqarolari ham JSHSHIRga oʻtadilar. Buning uchun ular Respublikamizdagi tegishli davlat idoralariga murojaat qilishlari kerak.