Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ochiq maydonlar yoki yopiq majmualarda boʻlishidan qatʼiy nazar, yurtimizda barcha turdagi ommaviy bayram tadbirlari, sport musobaqalari, shuningdek, konsert, festival, teatr va kino dasturlari vaqtincha toʻxtatilishi belgilandi.
Sport turlari boʻyicha musobaqalarni muxlislarsiz oʻtkazishga ruxsat berildi.
Shuningdek, joriy yilning 1-avgustidan boshlab toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 50 kishidan koʻp boʻlmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berildi.