“Bank va banklar faoliyati to’g’risida” gi qonun va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Qonunga mos ravishda “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki joriy yilning 30-iyunida yillik umumiy yig’ilish o’tkazgan.

Korporativ ma’lumotlar yagona portalida yoritilishicha, 100 foizli kvorum holatida bank kun tartibida 8 ta masalani ko’rib chiqqan.

Bank qaroriga ko’ra, boshqaruv raisi hisoblangan Spartak Tetrashvilining vakolati 1 yil muddatga uzaytirilgan.

Shuningdek, Kuzatuv kengashi tarkibi ham bir yillik muddatga yangilangan.

2020-yil moliyaviy hisobotlariga asoslanib yillik zarar 23,54 mlrd so’mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun: 2020-yilning aprel oyida Markaziy bank tomonidan “TBC Bank Group PLC” ga bank sohasida faoliyat oshirish uchun litsenziya berilgan edi.

Ruxsatnoma qo’lga kiritilishi bilan bank dastlab poytaxtda o’z faoliyatini yo’lga qo’yishi, keyinchalik esa viloyatlarda o’z filiallarini ochishni reja qilganligi haqida aytib o’tgan.

Hozirga kelib, bank mijozlar uchun depozitlar, onlayn kredit olish va ko’p talab qilingan xizmatlarni shakllantirib yo’lga qo’ygan.

Avvalroq Spot, TBC bank Kuzatuv kengashi raisi Niko Kurdiani bankka ishga kirishda xodimlarni qanday saralab olishi haqidayozgan edi.