Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan Turar-joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reyestrini yuritish va ularni sertifikatlash tartibi to‘g‘risida tegishli Nizom tasdiqlangan bo‘lib, bunda amaldagi avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturda ijaraga beriladigan turar-joylar va yashovchilar hisobini yuritish, shuningdek, ularni sertifikatlashtirish va Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestrini yuritishningtartibi belgilangan.
Ushbu Nizomga ko‘ra:
- jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan, turistlarga o‘ttiz kungacha ijaraga beriladigan turar-joylarni ro‘yxatga olishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlik qilishga;
- jismoniy va yuridik shaxslar tasarrufida bo‘lgan, turistlarga o‘ttiz kungacha ijaraga beriladigan turar-joylarni ro‘yxatdan o‘tkazishda;
(O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi turistlarni o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishda, hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish hollari bundan mustasno);
- turistlarga ijaraga beriladigan turar-joylarni, shu jumladan ijarachilarni soliqqa solish va turistlarni turgan joyi bo‘yicha o‘ttiz kungacha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun turar-joylarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritishga;
- ijaraga beriladigan turar-joylarni sertifikatlashtirishga tatbiq etiladi.
Turar-joylarni ijaraga berishning yagona reyestri — O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Turizm xizmatlarni sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan yuritiladigan ijaraga beriladigan Turar-joylar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasida amalga oshiriladi.
Bunda ijaraga beriladigan turar-joy belgilangan normativ talablarga javob berishi lozim.
Turar-joy ijarasi elektron shaklda Dastur orqali amalga oshiriladi.
Xususan, turar-joyni sertifikatlash va Reyestrga kiritish arizani Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.