“Toshkent yogʻ-moy kombinati” aksiyalarining nazorat paketi sotuvga qoʻyildi, bu haqda davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu 4 436 581 ta oddiy aksiyalarning davlat ulushi, yaʼni kompaniyaning 56 foizini tashkil etadi. Bitta aksiyaning nominal qiymati — 1750 soʻm, boshlangʻich narx — 24 225 soʻm.

Barcha toʻplamning boshlangʻich qiymati 107,4 mlrd soʻmni tashkil etadi.

Bu qanday kombinat

“Toshkent yogʻ-moy kombinati” 1994-yilda Toshkent yogʻ va moy zavodi negizida tashkil topgan.

Kompaniya oʻsimlik moyi, margarin, mayonez va boshqa mahsulotlarni “Моя мечта”, “Душка”, “Поляна”, “Кудесница”, “Дворянское”, “Майона” va boshqa markalar ostida ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Yuridik shaxslarning yagona reyestri maʼlumotlariga koʻra, aksiyadorlar orasida davlatdan tashqari yana bir nechta xususiy kompaniyalar mavjud, masalan, Britaniyaning Northlux Management kompaniyasi (2017-yilda oʻz ulushini 29,6% ga yetkazgan).

Kompaniyaning moliyaviy hisobotidan kelib chiqadiki, soʻnggi choraklar zarar bilan tugayapti, ammo ular kamayib bormoqda. Masalan, 2021-yilning birinchi choragida zarar 1,8 mlrd soʻmni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yilning shu davrida bu raqam 7,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.