Islandiya 2015−2019-yillarda ish vaqtini qisqartirish boʻyicha oʻtkazilgan ikkita keng koʻlamli eksperiment natijalarini sarhisob qildi, deb yozadi Forbes.
Tajriba qatnashchilari qisqartirilgan jadval boʻyicha ishladilar: haftasiga 40 soat oʻrniga 35−36 soat, ish haqi esa oʻzgarmay qoldi. Birinchi tajribada taxminan 2500 kishi qatnashgan boʻlsa, ikkinchisida 440 kishi qatnashgan. Ushbu ikkita tadqiqot birgalikda mamlakatning mehnatga layoqatli aholisining 1% dan ortigʻini qamrab olgan.
Muvaffaqiyatli sinovlardan soʻng Islandiya kasaba uyushmalari oʻn minglab ishchilar uchun ish vaqtini doimiy ravishda qisqartirishga erishdilar.
Koʻpgina hollarda, xodimlarning ish vaqtini qisqartirish hatto ayrim servislarni yaxshilashga yordam berdi.
Tajribalarda turli sohalardagi ishchilar, jumladan bolalar bogʻchalari, kasalxonalar, ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar qatnashdi.
Tadqiqot mualliflari taʼkidlashlaricha, xodimlarning farovonligi bir necha oʻlchovlarda oʻzgardi. Stres darajasi kamaygan, sogʻliq va hayot muvozanatini yaxshilanib, ishchanlik koʻtarilgan. Ularning soʻzlariga koʻra, tajribalar shahar yoki mamlakat byudjetiga hech qanday taʼsir koʻrsatmagan.