Spot avval yozganidek, Termizda Xalqaro savdo markazi quriladi.
Buning uchun 26 gektar yer ajratilgan. Bu yerda mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash, shuningdek sotish uchun terminallar joylashtiriladi.
Majmua 1800 chakana savdo shoxobchasi, logistika markazi, 400 oʻrinli ikkita mehmonxonani, kasalxonalarni va avtoulovlarga xizmat koʻrsatish punktlarini oʻz ichiga oladi.
Binolarning birinchi qavatida doʻkonlarni, ikkinchisida yengil sanoat korxonalarini joylashtirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, hukumat qarori bilan tovarlarni oʻtkazish tartibi tasdiqlandi. Shunday qilib, markaz orqali qonunda taqiqlanganlardan tashqari har qanday tovarni tashish mumkin boʻladi.
Tovarlar markaz hududiga bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan va iqtisodiy choralarni qoʻllamay olib kelinadi.
Tovarlarni eksport qilishga kelsak, bu qonunga muvofiq boʻlishi kerak. Xuddi shu narsa valyuta eksportiga ham tegishli.
Termiz xalqaro savdo markazining foydalanishga topshirilishi 2022-yilga moʻljallangan.