BMW Motorrad CE 04 elektroskuterni taqdim etdi, deb yozmoqda The Verge. Bungacha kompaniya 2020-yilda Motorrad Definition CE 04 ning ishlab chiqarishgacha boʻlgan namunasini namoyish etgandi.
Endilikda elektroskuterlarni seriyali ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyiladi. Uning narxi $12 mingni tashkil etadi.
Elektroskuterning maksimal tezligi 120 km/soatni tashkil etadi va 2,6 soniyada 50 km/soatgacha tezlashishi mumkin. Akkumlyatorning quvvati 8,9 kVt soatni tashkil etadi, u taxminan 130 km masofani bosib oʻtishni taʼminlaydi. Haydovchi uchta haydash rejimini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi: ECO, Rain and Road.
Elektroskuter alohida navigatsiyaga ega, qurilma 10,25 dyuymli rangli displey bilan jihozlangan. Unga smartfon ulash mumkin, displey kerakli zaryadni haydash paytida oladi.
Avvalroq Spot, BMW dvigatel bilan jihozlangan “uchar mashina” sinovdan oʻtkazilganligi haqida yozgan edi.