Samarqand viloyatida birinchi elektr quvvatlash bekati paydo bo’ldi. Bu haqda PlugShare ma’lumotlari orqali bilib olish mumkin. Bu Megawatt kompaniyasining GB-T DC 30KWt quvvatlash qurilmasidir. Bekat Bulung’ur tumanida joylashgan.
O’zbekistondagi birinchi elektr zaryadlovchi qurilmalar Farg’onada, keyin Toshkentda va Toshkent viloyatida paydo bo’ldi. Ular xususiy kompaniyalar tomonidan turli maqsadlar uchun o’rnatiladi:
- Makro supermarketlari atrofida elektr zaryadlash tarmog’ini qurmoqda;
- TokBor kompaniyalarga zaryadlash o’rnatish xizmatlarini taklif etadi;
- Megawatt elektr transport vositalari sotuvchisi sifatida infratuzilmani barpo etmoqda.
Hozirga kelib, PlugShare xaritalarida allaqachon 23 ta zaryadlovchi qurilmalar ko’rsatilgan. Bir yil oldin ularning soni 3 ta edi.