Shveytsariyaning Henley & Partners konsalting kompaniyasi “Dunyo pasportlar indeksi"ni eʼlon qildi. Oʻzbekiston fuqarosi pasporti reytingda 91-oʻrindan joy oldi.
Tahlilchilar 199 mamlakat pasportini solishtirgan. Reyting erkin harakatlanish indeksi boʻyicha, yaʼni pasport egasi vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda viza olish orqali nechta mamlakatga bora olishiga asoslangan holda tuzildi.
Afgʻoniston fuqarolari 26 mamlakatga bemalol bora olishlari mumkin. Iroqliklar esa 28 davlatga bora olishadi.
Reytingda yuqori oʻrinlarni Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya va Germaniya pasportlari egalladi.
Yaponiya fuqarolari uchun dunyoning 193 mamlakati ochiq.
Singapurliklar 192, Janubiy Koreya va Germaniya fuqarolari esa 191 mamlakatga vizasiz bora olishadi.
Avvalroq Spot, visasiz sayohat qilish bo’yicha aprel oyida O’zbekiston 85 o’rinni egallagani haqida xabar bergan edi.